Contentum
Yuqorida jamoat transportlari bo’yicha so’rovnoma qilgan edim. *longread Xato va kamchiliklari ko’zga ko’rinar darajada ko’p. Metroda tig’iz vaqtlarda ya’ni ishga ketish va qaytishda juda gavjum bo’ladi. 🚊 Lekin metro avvalgidan yaxshiroq bo’lishi uchun qilingan ishlar ham bor. Masalan yerosti metrosida internet tugul antena ham bo’lmas edi. Hozir esa bu ikkisi ham bor. Doimiy navbatda turishlar ham qulaylashtirilgan. Kartalar yordamida elektron to’lash imkoni mavjud. Hattoki 1 soatlik narxini tushurib boruvchi ta’rif kartalari ham yo’lga qo’yilgan. Belgilangan vaqtda bir necha transportdan foydalanish evaziga. Yo’l metro bilan boshlansa 1.700 so’m ikkinchi transport aftobusga esa 1.100 so’m uchinchi transport uchun 700 so’m qolgani esa tekin. ‼️Bir nechta qulayliklarni sanab mana qarang zo’r ketyapti deb o’zimizni o’zimiz ovutishimiz kerak demoqchi emasman. Davlat bilan fuqorolarni muloqoti yangi darajaga chiqdi. Fuqorolar foydalanishi kerak. Va endi 2 ta narsa qilish kerak. Birinchisi mas’uliyat his qilib jamoat transportlarida intizom va o’zaro hurmat o’rnatish. Ikkinchi qiladigan ishimiz heytlarsiz, aniqlik bilan yana nimalarni o’zgartirishimiz kerakligi bo’yicha aniq takliflarni berishimiz kerak. ✍🏻O’zingizni kichik telegram kanalingiz post tarzida yozib qoldirishingiz yoki Instagram, Facebook izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Transport Vazirligi Instagram sahifasiga to’g’ridan-to’g’ri yozish kerak. Hatto Atto programmasida avtobuslardagi QR kodni screen qilib taklif yozsa ham bo’lar ekan. Yozing. Yuboring. 💡Yaqinda bittasi ish berdi. “Odam ko’pligidan havo yetmaydi” deb yozishgan ekan 2025-yilda o’zgartirilar ekan. Havo aylanish tizimni yengilashvotgan ekan. Ya’ni biz so’ravoladigan payti keldi. Faqat to’g’ri va aniq yondashgan holatda. 👇 Kanalga ulanish 👇 🍏@teacherazam