Contentum
Loki — bir so’z bilan 2023-yilning “life-action” tarzida eng yaxshi seriallardan biri. 🔝 Serialda esa otasining arzanda o’g’lidan komillikka erishgan asgardlik haqida. Yovuzdan boshlab, qahramonga aylangan personaj. Aynan, shu serial tufayli esa Marvelning eng zo’r yozilgan qahramoni endi Lokiga nasib qildimikin deyman. Soundtreklar top, syujet top, dialoglar deyarli top. Deyarli hamma narsa top. 🤩Ayniqsa Kang bilan bo’lgan suhbat Marveldagi eng zo’r suhbatlardan biri. Kang Mastermind sifatida hammasini o’ylab qo’ygani esa miyani shunchaki portlatib yuboradi. Bunday syujetdagi burilish tufayli serialga muxlis bo’lib, Kang personajiga simpatiyangiz oshadi. Va shu rejani buzgan Lokiga esa cheksiz hurmat bajo etasiz. O’zini qurbon qilishi esa va o’sha yo’lakda o’z vazifasi tomon qadam tashlashidagi har bir soniya o’ziga rom etadi. Marvel ko’rib turasizlarmi? 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam