TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2327

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones34,000Numerus visionum
EditumNov 111/01/2024, 09:00 AM
Contentum scripti

Contentum

Zenofobiya - o’rnashing. Jiddiy gaplashamiz. 🗣️ Zenofobiya - shaxsning o'zi mansub bo'lgan guruh yoki madaniyatga begona bo'lgan boshqa guruhlar va ularning g'oyalaridan hayiqishdir. Ushbu ongosti hodisasi kishini o'zi sezmagan holda irratsional qarorlar qabul qilishga majbur qiladi. Zenofobiyaning asosiy sabablaridan biri muayyan jamiyatda shakillangan dogmalarning inson psixikasiga kuchli ta'sir o'tkazishi bilan bog'liq. Bunda kishi o'zi mansub bo'lgan jamiyat dogmalarini absolyut haqiqat deb qabul qiladi, ularni mantiqiy tahlil qilishdan qochadi. 🤯 Bularni yozishimdan maqsad oxirgi paytlarda ko'p kuzatganim - ko'pchilik yurtdoshlarimizning yangi g'oyalarga nisbatan o'ta keskin bildirayotgan reaksiyalari bo'ldi. Hali bunday g'oyalarni to'liq tahlil qilmay, hatto nimaligiga qiziqib ham ko'rmay o'zlarining dogmatik mantiq tarozilarida o'lchab hukm chiqarishga shoshilishadi. G'oyaning asl mohiyati, maqsadi, ma'no-mazmuni haqida o'ylab ham ko'rishmaydi. Hech narsa absolyut emas, aksincha barcha narsa nisbiy ekanligini doim ham o’ylab ko’rishmaydi. Natijada ba'zi g'oyalarni absolyut haqiqat, ba'zilarini esa absolyut bid'at deb qabul qilishadi. Bunday holatlar ikkala tarafda ham birdek kuzatiladi: dindorlar sekulyar g'oyalardan, sekulyarlar esa aqiydaviy ilmlardan hayiqishadi. Biroq, ularning hadiklari doim ham mantiqga asoslanmaydi. 🆘 Zenofobiya, har qanday ko'rinishda bo'lmasin, insonni erkin fikrlashdan to'suvchi eng katta illatdir. Bunga qarshi kurashishning yagona yo'li - to'g'ri tashkil etilgan ta'lim, aniqrog'i ''mantiqqa asoslangan'' fanlarini qayta amalga tadbiq etish. O'z nomi bilan kishini erkin fikrlashga o'rgatuvchi, uning ongini har xil dogmalardan ozod etuvchi fanlar to'plamidir. Qachonki kishilar ongi ozod bo'lsa, shundagina jamiyatda totuvlik va hamkorlik rivojlanadi, umumiy garmoniya hosil bo'ladi. 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam