Contentum
Audiokitoblar haqida ikki og'iz 🎧 Biror yangi kitobni sotib olishdan oldin u haqida ''goodreads''dagi reviewlarni yoki Wikipediyadan o'qib chiqing. Keyin esa audiobookini eshitib ko'ring. Shu yo'sin, o'qishga arziydimi, yoki yo'q, bilganimdan so'nggina kitobni sotib olib o'qisangiz bo'ladi. Kitob javonimdagi deyarli barcha kitoblarim ayni shu chig'iriqdan o'tsa afsuslanadigan kitobingiz kam bo'ladi. 🙆 Shunchaki audio bilan cheklanib qo'ya qolsakchi? Bir marta eshitib chiqqandan keyin ham yana boshqattan o'qib chiqishni nima keragi bor? Keragi bor. Chunki bu ''analitik mutolaa'' deb ataluvchi murakkab mutolaa jarayonining bir qismi. Ya'ni, bu bilan tez vaqt ichida qo'lingizdagi kitob haqida umumiy tushunchaga ega bo'lishingiz mumkin. Bunda, detallarga e'tibor bermasdan umumiy argumentlarni diqqat bilan tinglab ketaverasiz. So'ngida esa, sizda kitob haqida yaxlid tasavvur shakillangan bo'ladi. Ana endi kitobni sinchkovlik bilan o'qib chiqishingiz mumkin. (''Analitik mutolaa'' haqida ''How to read a book'' asarida to'liq o'qishingiz mumkin) 🤓 Undan tashqari, audio tinglaganda kitobni to'liq tushunish ilojsiz. Bunga sabab, audio tinglash paytida har doim ham fikrlaringizni qayd qilish, kitobning muhim joylarini belgilash imkoni yo'qligidir. Shu sababdan audio kitob tinglash haqiqiy kitob o'qigandan ko'ra passivroq jarayon va shuning uchun ham nisbatan kamroq ma'lumot esingizda qoladi. 🕺 Nima qilganda ham, audiokitoblar qulay va tinglash maroqli. Ammo, faqat audio bilangina cheklanib qolmay, kitobni o'zini ham qayta o'qib chiqish lozim (agar shunga arzisa) 🫵🏻Sizga qay biri qulay? Audio kitobmi yoki qog'oz kitob? 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam