TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2421

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones23,800Numerus visionum
EditumDec 1512/15/2024, 05:41 AM
Contentum scripti

Contentum

❄️Yakshanba qorli tongi uchun. Jidaigeki haqida ⚔️ “Jidaigeki" - bu yapon kino janri hisoblanadi. Unda asosan tarixiy - imperator Meydzi taxtga kelishidan oldin boʻlgan davr aks ettiriladi. Janrda ko’pincha samuraylar, dehqon va hunarmandlar koʻrsatiladi. Shuningdek, bu janr "chambara" - yaʼni qilichlar jangi deb ham ataladi. 🎥 Biz juda koʻp koʻrgan, dunyoda kult boʻlgan 50-60-yillardagi aksariyat yapon filmlari aynan jidaigeki janrida olingan. ☄️ Ushbu janr, keyinchalik butun dunyoga andoza boʻlib beradigan filmlar olingan janr hisoblanadi. Juda koʻp filmlar strukturasi aynan ushbu filmlardan olingan. Undan tashqari, Jorj Lukasning taʼkidlashicha, u "Star Wars" olamini yaratishda juda koʻp ushbu janr filmlaridan ilhomlangan va foydalangan. Xususan, jeday(jedi) atamasi aynan ushbu soʻzdan kelib chiqib tanlangan. Bu janr sizga yoqadimi? 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam