TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2443

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones28,400Numerus visionum
EditumDec 2612/26/2024, 07:00 AM
Contentum scripti

Contentum

​​🎥 "Osmondagi bolalar" kinosida "O'zimni vokzalda qolib ketgan yo'lovchidek his etaman barcha poyezdlar ketib bo'lgan" deydi yozuvchi. 🤷🏻 Ta’sirli sahna insonlarni (tomoshabinlar) oz bo'lsa-da, buni o'zlaridan o'tkazish ya’ni his etib ko'rishlari uchun aytilgan so'zlardek, huddi tomoshabinlarga qarata siz ham yo'lovchisiz, yo'lingiz aniqmi, qayerga ketayotganingizni farqidamisiz, degan savol nazdidek tuyiladi. • Kinoni davomini nima bo'layotganiga e'tibor ham bermay aynan o'sha sahnaga qarab, o'zingiz uchun javob izlab ko’ring. Bilasizmi, men o'zimni qay holda topaman "yo'lovchilar" orasida. Men qaysidur davrning poyezdi sekinlashib o'tayotgan damda unga ikkala qo'llarim bilan osilib olgan na qaysi davrligini, na bu poyezdning qay tomonga ketayotganidan xabardorman. Hatto nima uchun osilib olganini bilmay ketayotgan yo'lovchiman. (asli yo'lovchi hisoblanamanmi uni ham bilmayman) ❓Siz ham film, serial yoki multfilm ko’rayotib, aynan bir kichik dialoglarga nisbatan bir dunyo falsafa qilib yuborasizmi? 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam