Contentum
“Toʻnini teskari kiydi” iborasi oʻzbek tilida munosabatini keskin o‘zgartirish yoki ilgari sodiq yoki yaxshi munosabatda bo‘lgan kishiga qarshi chiqish maʼnosida ishlatiladi. 💸 Bu iboraga ingliz tilidagi mos idiomalar esa quyidagilar: “Turned against someone” — biror kishiga nisbatan munosabatni oʻzgartirib, unga qarshi chiqish yoki yomon munosabatda boʻlish. 🔖Masalan: He used to be my friend, but now he has turned against me. “Changed their tune” — oʻz fikrini yoki munosabatini oldingisiga nisabatan qarshi tomonga oʻzgartirish. 🔖 Masalan: She was so supportive at first, but now she’s completely changed her tune. “Bite the hand that fed them” — oldin yordam bergan yoki qoʻllab-quvvatlagan odamlarga nisbatan salbiy munosabatda boʻlish. 🔖 Masalan: He bit the hand that fed him by criticizing his mentor after getting the promotion. 😅 Oxirgi marta kim sizga toʻnini teskari kiyib olgan edi, uni yuqorida bergan 3 ta idioma bilan izohda yozib keting. Postni esa ingliz tilini oʻrganayotgan tanishlaringizning hammasiga joʻnatib qoʻying. Kanalga ulanish: @teacherazam