TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2498

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones35,200Numerus visionum
EditumFeb 902/09/2025, 02:06 PM
Contentum scripti

Contentum

Jackie Chan ingliz tilini qanday oʻrgangan? 💸 Jackie Chan 1954-yil Xitoyda tugʻilgan, ingliz tilini esa 1980-yillardan Kaliforniyaga kelganda oʻrganishni boshlagan. Golivudda rol ijro etish uchun eng qiyin jarayon ham ingliz tilini oʻrganish boʻlganini aytgan 😌 Toʻgʻrida, xitoy tili qayerda-yu, ingliz tili qayerda. Chan ingliz tilini oʻrganish uchun: — doimiy ravishda ingliz tilida kino koʻrdi; — talaffuzi bilan bogʻliq mashqlar bajardi; — 4 ta ingliz tili ustozi bilan kuniga 9 soatdan dars qildi; — ingliz tilida gapiradigan insonlar bilan doim gaplashdi. 😵 Oxirida esa natijaga erishdi. Siz ingliz tilini oʻrganish uchun nimalar qilayapsiz? Postni haliyam ingliz tilini oʻrganishni choʻzib yurgan yaqinlaringizga joʻnatib qoʻying. Kanalga ulanish: @teacherazam