TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2512

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones36,600Numerus visionum
EditumFeb 2502/25/2025, 01:03 PM
Contentum scripti

Contentum

Ingliz tilidagi acronymʼlar nima? ⌛️ Acronym bu qisqartma boʻlib, bir nechta so‘zlarning bosh harflaridan tashkil topadi va tez-tez ishlatiladi. Ularning ayrimlari: POV — point of view. Biror masalaga oʻzingiz tomoningizdan qarashingiz. Bu acronym koʻpincha memlarda, shaxsiy yozishmalarda ishlatiladi. FAQ — frequenly asked questions. Koʻp soʻraladigan savollar. Bu acronym rasmiy hujjat va saytlarda ishlatiladi. RIP — rest in peace. Bizdagi joying jannatda boʻlsin degan soʻz bilan bir xil. Bu acronym qayerda ishlatilishini tarjimasidan bilgan boʻlsangiz kerak-a? VIP — very important person. Oʻta muhim odam. Bu acronym sizga ham toʻgʻri kelishi mumkin, agar butun qarindoshlaringiz ichida IELTSʼdan 7 faqat sizda boʻlsa. DIY — do it yourself. Oʻzing bajar. Sinfdoshingiz biror narsani qilib berishni sizdan soʻrasa, unga shuni yozib yuboring. Oʻzingiz bilgan acronymʼlarni izohda qachon ishlatilishi bilan yozib keting, menga oʻxshab 😅 ⬅️Postni esa nima qilishni bilasiz. Kanalga ulanish: @teacherazam