TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2523

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones46,100Numerus visionum
EditumMar 603/06/2025, 02:01 PM
Contentum scripti

Contentum

Abituriyentlar, endi sertifikatingiz boʻlmasa, imtihon topshira olmaysiz Blogingizda chet tili birinchi fan sifatida belgilangan boʻlsa, ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar faqat sertifikatni taqdim etishlari lozim boʻladi. Yuqoridagi rasmda bor, qaysi yoʻnalishlarda bunday boʻlishi. 👀 Endi eʼtibor bering. 1-fan sifatida aniq koʻrsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan boʻyicha sertifikat, “Chet tili” deb koʻrsatilgan boʻlsa biror xorijiy tilni bilish sertifikatini taqdim etish kerak boʻladi. ✔️ Bu nima degani? Masalan 1-fanga “ingliz tili” deb yozilgan boʻlsa, aynan shu fandan sertifikat boʻlishi kerak. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi. Lekin 1-fan “Chet tili” deb koʻrsatilgan boʻlsa, qaysi tildan sertifikatingiz boʻlsa ham bu yoʻnalishga topshira olasiz. Abituriyent tanishlaringizga joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam