TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2524

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones22,800Numerus visionum
EditumMar 703/07/2025, 02:07 PM
Contentum scripti

Contentum

10 yillikdagi yil soʻzlari. 2-qism. 📱 2018-yil “Nomophobia” — telefonsiz qolishdan yoki undan foydalana olmaslikdan qoʻrqish. Mana shu yildan boshlab butun dunyoda telefonlardan foydalanish keyingi bosqichga chiqishni boshlagan. 🔄 2019-yil “Upcycling” — Oʻzbek tilida yangilanish deb tarjima qilsak boʻladi. Biror bir narsaning eskisidan voz kechib, oʻrniga yangilarini sinab koʻrish jarayoni. Bu yilda koʻplab inflyuyenserlar Instagram orqali yoshlarni sogʻlom hayot tarziga targʻib qilgan, yangi narsalarni sinab koʻrishni, sotib olishni tavsiya qilgan. 😷 2020-yil “Quarantine” — Karantin. Bu soʻzni nima uchun ommabop boʻlganini va tarjimasini aytmasam ham hamma biladi. Hammamizga yaxshigina tanish soʻz. Siz bu soʻzlarning tarjimasini bilarmidingiz? Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam