Contentum
10 yillikdagi yil soʻzlari. 4-qism. ⭐ 2023-yil “Hallucinate” — Oʻzbek tilida gallyutsinatsiya boʻlish. Odatda sogʻliq bilan bogʻliq muammolar yoki dori qabul qilganingiz sababli mavjud boʻlmagan narsalarni koʻrish, eshitish yoki his qilish kabi simptomlar kuzatilishi mumkin. Shu holatga gallyutsinatsiya deyiladi. Lekin bu soʻz mashhur boʻlishiga hech qanday global sogʻliq bilan bogʻliq muammolar sabab emas. Balki AI mashhur boʻlgani uchun. Aynan ChatGPT, Geminiʼga oʻxshagan katta til modellari gallyutsinatsiya qilganda, notoʻgʻri maʼlumot berishni boshlaydi. 💪 2024-yil “Manifest” — Oʻzbek tilida namoyish qilish. Bu soʻz mashhur boʻlishiga sabab 2024-yilning Iyul oyida boshlangan Olimpiada oʻyinlari edi. Musobaqada oʻrin olgan koʻplab sportchilar bu haqida oʻzlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilishdi. Muvaffaqiyatini namoyish qilishdi. 2025-yilda qaysi soʻz eng mashhuri boʻladi deb oʻylaysiz? Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam