TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2543

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones20,400Numerus visionum
EditumMar 1603/16/2025, 01:02 PM
Contentum scripti

Contentum

Oxford va Cambridge eʼlon qiladigan “yil soʻzlari” nega bir-biridan farq qiladi? 📆 Koʻpchilik 2024-yilda Brain Rot yaʼni miya chirishi Word of the year boʻlgan deb yozgan ekan. Bu soʻz Oxford toʻplagan maʼlumot asosida eʼlon qilingan edi. Men esa Cambridge eʼlon qilgan yil soʻzlarini aytib berganman. Oxford va Cambridge yil soʻzlarini tanlashda bir-biridan farq qiladigan kategoriyalarga murojaat qiladi. 🪧 Soʻz tanlov bosqichi: Oxford — butun dunyo bo‘ylab oʻsha yilda eʼlon qilingan gazetalar, adabiyotlar, ijtimoiy tarmoqdagi postlar kabi turli manbalardan ma’lumotlarni to‘playdi va ulardan yil davomida qo‘llanilishi yoki dolzarbligi oshgan so‘z yoki iboralarni aniqlash uchun foydalanadi. Cambridge — oʻzining lugʻat platformasida foydalanuvchilar tomonidan eng koʻp izlangan soʻzlardan kelib chiqib hisobot chiqaradi. 🎯 Asosiy eʼtibor: Oxford — Oʻsha yilda sodir boʻlgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy trendlardan kelib chiqib yil soʻzini aks ettiradi. Cambridge — Ingliz tilini chet tili sifatida oʻrganayotgan odamlar eng koʻp izlagan soʻzlarni eʼlon qiladi. 💬 Soʻz turlari: Oxford — rasmiy, norasmiy, slang yoki hatto emojilarni ham yil soʻzi deb eʼlon qilishi mumkin. Cambridge — Ingliz tilini oʻrganayotgan odamlar koʻp foydalanadigan soʻzlarni eʼlon qiladi. 👥 Auditoriya: Oxford — Butun jahon odamlari, ham nativeʼlar ham non-nativeʼlar ishlatayotgan soʻzlarni eʼlon qiladi. Cambridge — Ingliz tilini oʻrganayotgan va non-nativeʼlar koʻp izlayotgan soʻzlarni eʼlon qiladi. Men ingliz tilini oʻqitganim uchun Cambridge eʼlon qiladigan yil soʻzlarini post qilib chiqardim. Kanalga ulanish: @teacherazam