Contentum
Qaysi biri toʻgʻri: It is I yoki It is me? 😔 It is I — rasmiy yozuv uchun. Oʻzi anʼanaga koʻra is, was yoki were bogʻlovchilaridan keyin I ni ishlatish oʻrinli boʻladi. “It is I” juda ham rasmiy boʻlgani uchun hozirgi kundagi maqola va kitoblarda tez-tez uchramaydi. Uni koʻproq ancha yil oldin chiqqan, qadimgi desayam boʻladigan kitoblarda uchratish mumkin. Misol: — Is this Aʼzam? – It is I. — It is I she wishes to see tonight. 🤙 It is me — norasmiy uslub. Bugungi kunda ingliz tilida gapiradiganlarning koʻpchiligi shundan foydalanadi. Misol: — It is me in the picture. — You can say anything. It is me you’re talking to. Umuman olganda “it is I” ham “it is me” ham toʻgʻri. “It is I” bu rasmiy ohangda, “it is me” kundalik suhbatlarda ishlatiladi. Siz oʻzi “It is I“ borligini bilarmidingiz? Kanalga ulanish: @teacherazam