TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2554

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones26,000Numerus visionum
EditumMar 2403/24/2025, 01:06 PM
Contentum scripti

Contentum

Olmali idiomalar 🇬🇧 The apple of someone’s eye — Kimningdir eng yaxshi koʻradigan, yoki fahrlanadigan odam. 🇺🇿 Oʻzbekchada — koʻz qorachigʻiday asraydigan odami. Maktabda gapirmasa ham 5 olaveradiganlar boʻladiku, ana oʻshalarda. Misol: She was the apple of her teacher’s eye and could do no wrong. 🇬🇧 Like apples and oranges — bir-biridan katta farq qiladigan narsani taqqoslash uchun ishlatiladi. 🇺🇿 Oʻzbekchada — osmon bilan yerchalik farq qiladi. Misol: The two roles are entirely different – it would be like comparing apples and oranges. 🇬🇧 The apple doesn’t fall far from the tree — bola baribir oʻzining ota-onasiga oʻxshaydi maʻnosida ishlatsa boʻladi. 🇺🇿 Oʻzbekchada — qush uyida koʻrganini qiladi. Misol: His father tried to stop him from choosing politics, but the apple doesn’t fall far from the tree, as they say. Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam