TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2569

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones23,300Numerus visionum
EditumApr 204/02/2025, 03:09 PM
Contentum scripti

Contentum

Yuqorida deadline bo‘yicha so‘rovnoma jo‘natgan edim, so‘rovnoma natijasiga qaraganda men adashmagan ekanman "Ha, rostdan ham deadline bilan bog‘liq muammolar juda ko‘p". O‘zimizda, ishda, biznesda va hayotda (tanishlar orasida). Deadlinega rioya qilish qanchalik hayotimizga ta’sir qilishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Men juda ko‘p o‘ylayman va shu asnoda ba’zi qarorlar va yechimlarga kelganman! Agar siz karyera qilish va ishlayotgan joyingizda yaxshi natijalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, unda siz hard va soft skillardan tashqari deadlinega ham katta e’tibor qaratishingiz kerak! Nega? Chunki siz hamkasblaringiz orasida eng zo‘ri va chiroyli muomalaligi bo‘lishingiz mumkin, lekin sizga berilgan vazifani o‘z vaqtida bajarmasangiz , bularning hammasi ahamiyatsiz, chunki ba’zi vazifalar bor ularni siz ideal holatda bajarganingiz bilan vaqtidan o‘tib ketgan bo‘lsa u ishingiz shunchaki befoyda! Deadline bilan muammoyingiz bo‘lsa buni qanday hal qilish mumkin degan savol paydo bo‘ladi! Mana uning 3 ta yo‘li: 1-Deadline berilganda uni qabul qilishdan oldin 5-20 daqiqa o‘ylab olib vaqtni to‘g‘ri taqsimlab ayting, deylik har doim o‘sha ishni 1 soatda bajargan bo‘lsangiz 1,5 soat vaqt so‘rang (texnik, shaxsiy yoki yana boshqa kutilmagan sabablarni inobatga olgan holda). 2-Deadline belgilangan bo‘lsa-yu, lekin siz ulgurmasligingizni sezdingizmi , darhol bu haqida xabar bering! Misol: Sizga 3 soat vaqt berilgan siz ishni boshlaganingizdan 1 soat o‘tib tushundingizki, 3 soatda bu ishni tugata olmaysiz, balki 5 soat ketadi shu paytning o‘zida ayting (QO‘RQMANG) shunda siz juda ko‘p muammolarni oldini olgan bo‘lasiz va o‘zingizni mas’uliyatli inson ekaningizni ko‘rsatasiz! 3-Agar yuqoridagi 2 ta yo‘l bilan ham ulgurmayotgan bo‘lsangiz, shunchaki deadline belgilamasliklarini so‘rang, taxminiy bo‘lsa ham vaqt aytmang, shunda ma’suliyat sizga vazifa berayotgan insonning bo‘ynida qoladi (buning yomon tarafi bor: Sizga ish berayotgan odam boshqa siz bilan ishlamasligi yoki shunchaki o‘rningizga boshqa xodim olib sizni ishdan bo‘shatib yuborishi mumkin) tanlov o‘zingizda. @qalbimchechagi_tg