Contentum
Samaradorlik 2x oshdi 👉🧠 Diqqatni jamlashga harakat qilayotganim sababli oxirgi haftada ko’p xabarlarga vaqtida javob bermadim. Natija. Samaradorlik kamida 2 baravarga oshdi. 2 kun ichida odatda 3 kun qiladigan ishimni va boshqa qo’shimcha ishlarni bitirishga ulgurdim. Shundagina bu chalg’ituvchi chatlar qanday ishlashini o’ylashni boshladim. Xabar keladi: 1. Javob yozdik. (bo’ldi emas ekan) Xabar keldi: 1. Javob yozdik. 2. U inson endi nima javob qaytarishini o’ylaymiz. 3. Javob qaytdimikan deb tez-tez chatga qarab qo’yish boshlanadi. 4. Agarda kichik bir ishni hal qilish kerak bo’lsa qilayotgan asosiy ishimiz chetda qolib fokusimiz butunlay bo’linib ketadi. 5. Yozishmalar odatda 2-3 ta xabar bilan tugamaydi va yuqoridagi chalg’ishlar takrorlanadi. 🐢 Agar sizga yozgan odam bir xabarni o’zida maqsadini ham to’liq yozmay shunchaki “Assalomu Aleykum”ni o’zi bilan boshlaydiganlardan bo’lsa unda yozishmaning bosqichlari 5 ta emas 25 ta bo’lib ketadi: - Assalomu Aleykum! - Valeykum Assalom! - Yaxshimisiz? - Yaxshi rahmat. - Oka anu… Samaradorlikni oshirmoqchi bo'lsak ish vaqtida ijtimoiy tarmoqlarga qaramasligimiz kerak. Kirishga majbur bo’lsak unda javob qaytarmay turish keyingi eng yaxshi variant. #xulosalar 💬@nurullox_sobirov