Contentum
5 yoshli jiyanimga Passive voiceʼni qanday tushuntirgan boʻlar edim? Azizjon, bugun senga yana ingliz tilidan koʻpchilik adashadigan narsa — passive voice’ni tushuntirib beraman. Passive voice — bu ishni kim qilgani emas, ishning o‘zi muhim bo‘lganda ishlatiladi. 🛠 Masalan, oʻyinchoq mashinang buzilib qolganini eslaysanmi? Endi dadang uni tuzatdi. Bu oddiy gap: My dad fixed the car — Dadam mashinani tuzatdi. Bu yerda dadang eng muhim odam — u ishni qilgan. Lekin agar biz uchun asosiy narsa — mashinaning tuzatilgani bo‘lsa, unda passive voice ishlatamiz: The car was fixed (by my dad) — Mashina tuzatildi (dadam tomonidan) 🎯 Bu mashina endi ishlayotgani muhim. Kim tuzatganligi esa muhimmas yoki aytmasligimiz ham mumkin. 🍪 Yana bir misol, sen pechenye yeding, lekin oying pechenye kim yeganini bilmaydi. U pechenyening yo‘qolganini ko‘radi va aytadi: The cookies have been eaten — Pechenyelar yeyilgan! U bilmaydi kim yegan, lekin natija aniq — pechenyelar yo‘q! 🎨 Yoki sen bog‘chada rasm chizding. Bu rasmni koʻrib bogʻcha opang aytishi mumkin: A beautiful picture was drawn! — Chiroyli rasm chizildi! Kim chizgani ahamiyatsiz, asosiy narsa — rasm chiroyli chiqqani. Yani, active voiceʼda ishni kim qilgani muhim. Passive voiceda esa natija yoki ishning o‘zi muhim. Azizjon: 🧹 Xona tozalanganini, 🧼 Mashina yuvilganini, 🚪 Eshik ochilganini ingliz tilida qanday aytasan? Yana qaysi mavzuni shunaqa usulda tushuntirib beray, ayt-chi? Kanalga ulanish: @teacherazam