Contentum
Inglizlarga “Baraka” soʻzini qanday tushuntirgan boʻlar edim? Oʻzbek tilida tushuntiraman 😌 Baraka — bu oddiy “blessing” yoki “abundance” degan so‘zlardan ko‘ra chuqurroq ma’noga ega. Bu so‘zda kamdan ko‘p chiqishi, foydaning uzoq davom etishi, nimadandir ko‘p yaxshi narsa chiqishi tushuniladi. Tushunarli qilib aytadigan boʻlsak, biror narsaning barakali ekanligi bu oʻsha narsa koʻp emas, lekin yetarli boʻlishi. Masalan birovda koʻp pul boʻlishi mumkin, lekin u pul hech narsaga yetmaydi. Shunda biz: “Bu pulda baraka yoʻq”, - deb aytamiz. Boshqa odamda esa pul kam, lekin hamma narsaga yetadi va yana ozgina ortib ham qoladi. Bunda esa, baraka bor ekan, deb qoʻyamiz. 🍟 3 kishiga tayyorlangan ovqat undan koʻp kishini toʻydirsa, bu baraka 🌽 Kichkina yerdan koʻp hosil olinsa, bu baraka 🤩 Oddiy yashasangiz ham hayotingiz tinch, qorningiz toʻq, yaqinlaringiz sogʻlom boʻlsa, bu baraka. Yana qaysi inglizchada tarjimasi yoʻq soʻzni inglizlarga tushuntiramiz? Tanishlaringizga joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam