TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2610

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones21,900Numerus visionum
EditumApr 2504/25/2025, 02:03 PM
Contentum scripti

Contentum

Bussin — vauuu, qiyqiriq ekanmi? 😋Bussin — juda ham mazali, juda ham yaxshi boʻlgan narsalarga ishlatsangiz boʻladi. “Vauuu dahshat ekan” degingiz keladi-ku biror narsaga, xuddi shu vaziyatda ishlatvoradigan joyi. Birinchi oʻzi mazali ovqatlarni taʼriflashga nisbatan ishlatilar edi. Hozir esa sizni zavqlantiradigan har qanday narsa uchun foydalanishingiz mumkin. 🇺🇿 Oʻzbek tilida biror narsaga nisbatan yaxshi his-tuygʻuni ifodalash uchun “oʻta goʻzal”, “dahshat”, “qiyqiriq” kabi soʻzlarni ishlatamiz. Misol uchun: — This palov is bussin! - Bu osh shunchaki dahshat ekan. — Nargizaʼs new dress? Bussin! - Nargizaning yangi koʻylagimi? Oʻta goʻzal. — That uzbek film is bussin, I have watched it 3 times - Bu oʻzbek kinosi qiyqiriq boʻlibdi. Oʻziyam 3 marta koʻrdim 👍 — Haqiqatan bussin soʻz ekan ❤️ — Shu Teacher Aʼzam bussinʼde Tanishlaringizga joʻnatib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam