TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2611

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones20,200Numerus visionum
EditumApr 2604/26/2025, 07:01 AM
Contentum scripti

Contentum

⚡️Hozir karyera qilayotganlar va yangi biznes boshlamoqchi boʻlganlarga yangilik bor. 30-aprel kuni Toshkentdagi CAEx biznes arenasida “Yangi Oʻzbekiston: innovatsion tadbirkorlik va yosh mutaxassislar” forsayt sessiyasi boʻlib oʻtadi. U yerda biznes qurish va reklama boʻyicha bilimlarni Rossiya va Oʻzbekistonlik mutaxassislardan oʻrganasiz, ular bilan tanishasiz. 👥Tadbir spikerlari: • Artemiy Lebedev — dizayner • Shohida Ibragimova — fintech mutaxassisi, PhD • Timur Alixanov — influencer • Bahrom Bahodirov — investor • Abdulahad Quchqorov — IT Park Uzbekistan bosh direktori. Bundan tashqari boshqa ekspertlar ham bor. Bu tadbirda Toshkent shahridagi yetakchi oliygohlarning talabalari va ikki mamlakatdan yosh tadbirkorlar ishtirok etadi. 📍Qatnashish bepul - havola o‘rqali ro‘yxatdan o‘ting! Zamonaviy tendensiyalar markazida bo‘ling — “INNOPROM. Markaziy Osiyo” bilan birga!