Contentum
Javohir Sindarov Team Vitality bilan shartnoma imzoladi O'zbekistonlik yosh shaxmat yulduzi Javohir Sindarov Fransiyaning eng mashhur kibersport tashkiloti Team Vitality nomi ostida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan "Esports World Cup" qatnashadi. Ushbu musobaqaning jami sovrin fondi 70 million dollarni tashkil qiladi. Shaxmat yo'nalishidagi sovrin jamg'armasi esa 1,5 million dollar etib belgilangan. Ta'kidlab o'tish joizki, Team Vitality Fransiyadagi eng birinchi va nomdor kibersport tashkilotlardan biri hisoblanadi. Klubning merchlarini hatto mamlakat prezidenti kiyib yuradi va jamoani g'alabalari bilan tabriklaydi. Bundan avval, mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov Ukrainaning Natus Vincere jamoasi bilan shartnoma imzolagandi. Kanalga ulanish: @teacherazam