Contentum
5 yoshli jiyanimga “First” va “Second Conditional”ni qanday tushuntirgan boʻlardim? Azizjon, bugun biz ingliz tilida “agar nimadir bo‘lsa, unda shunaqa bo‘ladi” degan gaplarni o‘rganamiz. Bular conditional deyiladi. Lekin bu qo‘rqinchli emas. Kel, osonroq qilib tushuntiraman: 🟢 1. First Conditional — haqiqatga yaqin narsalar Agar sen biror ishni qilsang, u rost bo‘lishi kerak. 📌 If + hozirgi zamon, will + fe’l 🧁 If you eat the cake, you will be happy. Agar tort yeb qo‘ysang, hursand bo‘lasan. 🦖 If we go to the zoo, we will see the lion. Agar hayvonot bog‘iga borsak, sherni ko‘ramiz. Bu yerda gap rost bo‘lishi zarur. Tort hozir bor, sher ham bor! 🟡 2. Second Conditional — xayoliy, orzuga o‘xshagan narsalar Agar biror narsa boshqacha bo‘lganida edi, unda shunday qilgan bo‘lardim. 📌 If + o‘tmish zamon, would + fe’l 🦸 If I were Spider-Man, I would fly from house to house. Agar men O‘rgimchak odam bo‘lganimda edi, uydan uyga uchib yurardim. 🐉 If you had a dragon, you would never need a car. Agar senda ajdaho bo‘lganida edi, mashinaga hojat qolmasdi. Bu yerda ular haqiqat emas, orzudek, o‘ylab topilgan. 🤔 Farqni eslab qol: First conditional — haqiqatga yaqin. Hozirgi hayotga taalluqli. Second conditional — xayol, orzu, tasavvur. Haqiqiy emas. Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam