TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Contentum scripti
Contentum
“Eco Expo Central Asia 2025” — Ekologik kelajakni birga qurish uchun maydon “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi 19–21 iyun kunlari “CAEx Uzbekistan”da bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 25 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashib, toza texnologiyalar, yashil startaplar, global yechimlar va ekspertlar ishtirokidagi panel muhokamalar taqdim etiladi. Tadbirni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi o‘tkazmoqda. Barcha ishtirokchilar uchun Toshkent bo‘ylab bepul avtobus qatnovlari tashkil etilgan. 🎟 Ishtirok etish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: ecoexpo.uz Kanalga ulanish: @teacherazam