Contentum
Kamgap dadangiz bilan gaplashish yoʻllari Yoshimiz katta boʻlgani sari dadalarimiz bilan gaplashishimiz qiyin boʻlib boradi, lekin 30 dan keyin dadalar bilan munosabatda yangi bosqichga oʻtish kerak. Shu boʻyicha Time jurnali foydali maslahatlar beribdi. Shuni oʻzbek tiliga tarjima qildik. Siz ham oʻqib koʻring. 🧭Dadangiz qayerda boʻlsa, shu yerga boring. Baʼzi dadalar doim nimadir bilan band boʻladi. Terapevt Melani Preston suhbatlashish uchun maxsus joy qidirmaslikni, dadangiz qayerda boʻlsa, oʻsha joyda gaplashishni tavsiya qiladi. 🪑Toʻgʻrisiga emas, yoniga oʻtiring Yuzma-yuz oʻtirganda odam oʻzini xuddi intervyuda oʻtirgandek his qiladi, shuning uchun dadangizning yonida oʻtirishga harakat qiling, deydi Nikol Xeruey. Futbolga olib borib yonma-yon oʻyinni tomosha qiling yoki birga uy uchun bozorlik qiling. 📖Oʻtgan voqealarni aytib berishini soʻrang Nostalgiya kamgap dadangizning eng yaqin doʻsti. Undan oʻtmishda boʻlgan biror voqeani aytib berishini soʻrang, faqat koʻproq tafsilotlarini bilishga harakat qiling. Hikoya qilish paytida dadangiz beixtiyor baʼzi his-tuygʻularni ifodalaydi, siz esa uni ilgʻab olasiz. 🔄Boshqa muloqot turini sinab koʻring Yuzma-yuz gaplashish qiyin boʻlsa, telegramdan hol-ahvol soʻrab yozing yoki telefon qilib gaplashishga harakat qiling. Bu usullarni har kuni qiladigan odatga aylantirsangiz ham boʻladi. 😄Suhbatingizga ozgina hazil qoʻshib koʻring Jiddiy mavzular haqida gaplashish ko‘p gapirishni yoqtirmaydigan dadalar uchun og‘irlik qilishi mumkin. Bu vaziyatni hazil bilan yenging. Yaxshi koʻrgan latifangizni aytib bering, kulgili video yoki qandaydir oʻzbekcha mem koʻrsating. 🤝Yordam soʻrang Kamgap dadalar odatda oʻzlari haqida gapirish oʻrniga biror muammoni hal qilish, maslahat berishni afzal koʻradi. Shuning uchun, otangiz bilan yaqinroq suhbat qilishni istasangiz, uni shunchaki shaxsiy yoki hissiy savollar bilan “o‘qqa tutmang”. Buning o‘rniga, maslahat yoki biror narsani qanday qilishni soʻrang. Esda tuting, kutgan natijangiz bir kunda boʻlmaydi. Bu xuddi bogʻ yaratishdek gap. Tuproqni tayyorlash, urug‘ ekish, sug‘orish va o‘sishini kutish kerak. Filadelfiyalik Thriveworks terapevti Jill Lamar: “Bu natijaga majburlab erishib boʻlmaydi, birinchi asos yaratasiz va qayta-qayta kelib qurishga erishasiz” degan. Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam