TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2742

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones18,900Numerus visionum
EditumJun 2706/27/2025, 02:06 PM
Contentum scripti

Contentum

5 yoshli jiyanimga Third va Mixed Conditional’ni qanday tushuntirgan boʻlardim? Azizjon, oʻtgan safar senga first va second conditionalsʼni tushuntirib bergan edim. Bugun esa third va mixedʼni tushuntiraman. Bu qiyin emas, biriga “ehhhhhh” deysan, biriga “koshki” deysan. Third Conditional = allaqachon boʻlgan va bu sodir boʻlganidan sen afsuslanadigan ish harakatga ishlatiladi. 🇬🇧 If we had left earlier, we would have caught the bus. 🇺🇿 Agar oldinroq chiqqanimizda, avtobusga ulgurgan bo‘lardik. Kechikdik, avtobusdan qolib ketdik Mixed Conditional = oʻtmishdagi xato, hozirgi jazo. Bir xatolik o‘tmishda bo‘lgan, lekin uning natijasi, asoratlari hozirgacha bor. 🇬🇧 If you had worn your coat, you wouldn’t be sick now. 🇺🇿 Agar kecha kurtkangni kiyganingda edi, hozir kasal bo‘lmasding. Bu afsusdan keyingi saboq 💬Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam