Contentum
O‘quv markazlariga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi. Bugun, Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev faol yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ta’lim, kasb o‘rgatish va yoshlar kelajagi masalalari suhbat markazida bo‘ldi. Hozirda O‘zbekistonda: - 15 mingga yaqin o‘quv markazi; - 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazi faoliyat yurityapti. Ushbu markazlarga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berilgan. Lekin davlat rahbari bu bilan cheklanmaslik kerakligini, kengayish, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarni ko‘paytirish shartligini ta’kidladi. Prezident viloyat, tuman hokimlarini ham maslaga jiddiy yondoshishga chaqirib, har bir bolaga o‘z farzandidek qarab, sog‘ligi, o‘qishi, yurish-turishi, qiziqish va orzulari, muammolaridan doim xabardor bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Natija qanday bo‘ladi? “Agar shu tizim to‘g‘ri ishlasa, Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasbsiz yosh degan tushuncha umuman qolmaydi!” — dedi davlat rahbari. Menimcha, biz ustozlar, ota-onalar va jamiyatning har bir vakili shunga hissa qo‘shishimiz kerak. Kanalga ulanish: @teacherazam