TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2753

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones15,100Numerus visionum
EditumJul 107/01/2025, 09:06 AM
Contentum scripti

Contentum

Safarda yurib, har narsada me’yor muhimligi haqida o’ylab qoldim. So‘nggi besh yil ichida 15 ga yaqin davlat va 40 ga yaqin shaharlarda bo’ldim. Shu davr mobaynida biror marta ham biz, o‘zbeklar, noto‘g‘ri yo‘ldamiz degan fikr hayolimga kelmadi. Aksincha, biz mehribon, sabrli, madaniyatli xalqmiz. Oilaviy qadriyatlar bizda juda baland. Ota-ona, aka-uka, opa-singil – barchasi biz uchun muqaddas. Ularning baxti va dardini o‘zimiznikidek his qilamiz, ularning hayoti bilan yashaymiz. Ba’zida bu tuyg‘ular bizni qiynashi, yuragimizni siqishi mumkin. Ammo hayot ko‘rsatadiki – bu aynan to‘g‘ri yo‘l. Va men bunga chin dildan ishonaman. @lazizhamidov