Contentum
Cambridge Dictionaryʼga qoʻshilgan 3 ta yangi soʻz 1. Glampervanningnoun /ˈglæm.pə.væn.ɪŋ/ — an’anaviy kempingdan ko‘ra qulayroq va hashamatli bo‘lgan kemping furgonida dam olish Glampervanning - bu kemping zavqini hashamatli dam olish bilan birlashtirishdir. Tasavvur qiling, yulduzlar ostida uxlash, ajoyib manzaralar oldida uyg‘onish va landshaftlarni o‘rganish kabi sayohatning barcha afzalliklaridan bahramand bo‘lib, shinam yotoq, to‘liq jihozlangan oshxonaga ega furonda dam olish. 2. Airport theorynoun /ˈeə.pɔːt ˌθɪə.ri/ — ijtimoiy tarmoq tendensiyasi bo‘lib, unda sayohatchilar aeroportga parvozdan bir necha soat oldin emas, balki parvoz boshlanishidan 15-20 daqiqa oldin yetib kelishi. Buni TikTok ommalashtirdi, u yerda boʻlayotgan tendensiyaga koʻra siz samolyotga chiqishdan atigi 15 daqiqa oldin aeroportga yetib kelishingiz, xavfsizlik nazoratidan bemalol o‘tishingiz va hatto parvozga ulgurishingiz mumkin emish. Stress yo‘q, kutish yo‘q. TikTokʼda ushbu soʻz bilan ishlangan trendlar 400 milliondan koʻrishga erishgan. 3. Me-moonnoun /ˈmiː.muːn/ — o‘zingiz uchun hashamatli tarzda dam olishingiz Ijtimoiy tarmoqda yangi turmush qurganlarlar oʻz asaloylarini qanday oʻtkazayotganligi haqidagi videolar toʻlib ketdi. Bunga javoban me-moon tendensiyasi rivojlanayapti. Yaʼni bunda odamning bir oʻzi sayohatga chiqadi. Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam