Contentum
Engage H2O yozgi kino va foto maktabiga ariza topshiring. Qatnashish bepul. Engage H2O bu xalqaro loyiha. U suv tanqisligi va iqlim oʻzgarishlarini yoritadi. Oʻzbekiston Kino havaskorlari assotsatsiyasi koʻmagida loyiha yozgi maktabni ochayapti ekan. Oʻqish davomida: — video olish; — kompozitsiya; — montaj; — animatsiya; — postproduksiya asoslarini oʻrganasiz va suv tanqisligidan aziyat chekayotgan hamjamiyatlar uchrashasiz. Yakunda esa film yoki fotoseriya yaratib topshirasiz. Birinchi bosqich Toshkentda 5-15-avgust oraligʻida, ikkinchi bosqich esa amaliy mashgʻulot boʻlib, 18-28-avgust kunlari boʻladi. Eng yaxshi ishlar Bryussel, Toshkent va boshqa mintaqaviy tadbirlarda namoyish etiladi Talablar: — Ekologiya va suv muammolariga qiziqish; — Mavzu doirasida film va suratlar yaratish istagi; — 18 yoshdan katta va Oʻzbekiston fuqarosi boʻlsangiz. Oʻqitish tillari: oʻzbek va rus ❗️Ariza topshirish shartlari va ariza shakllari o‘zbek, rus va ingliz tillarida mana bu havolada. Barcha hujjatlar [email protected] elektron manziliga yuboriladi. Ariza topshirish muddati — 2025-yil 15-iyulgacha! Agar sizda yozgi maktab yoki ariza topshirish qoidalari bo‘yicha savollar tug‘ilsa, murojaat qilishingiz mumkin: 📱 Telegram: @Nigina31 📱 Instagram direct: @uafma_uz ✉️ Email: [email protected] @teacherazam