Contentum
7 xil maqsad nima? Ular insonning asosiy qadriyatlari yoki jamiyatga qoʻsha oladigan hissasining xilma-xil shakllarini ifodalaydi. Har bir soha, har bir kasb mana shu 7 xil maqsadlarning birini ichiga kiradi. 1. Act of service — boshqalarga yordam berish, ximat koʻrsatish. Misol uchun ofitsiant, sotuv menejeri, yetkazib beruvchi. 2. Creation — biror narsani noldan yarata olish. Misol uchun rassom, shoir, ssenarist, dizayner. 3. Invention/Innovation — yangi gʻoya yoki texnologiya oʻylab topish. Misol uchun muhandis, arxitetkor, startap asoschisi. 4. Leadership — odamlarni ilhomlantirish, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, qaror qabul qilish jarayonlarini boshqarish. Misol uchun loyiha menejeri, direktor, komandir. 5. Seeking Truth — taqdiqot va tahlil orqali izlanish, oʻrganish. Misol uchun jurnalist, tergovchi, data-analitik 6. Healing — odamlarga jismoniy, ruhiy yoki ijtimoiy jihatdan yordam berish. Misol uchun shifokor, psixolog, fitnes trener. 7. Connection/Communication — odamlarni bogʻlash, fikrlarini yetkazish. Misol uchun marketolog, tarjimon, podkaster. Bir insonda bu maqsadlarning bir nechtasi boʻlishi ham mumkin. Shifokor (healing) bir payni oʻzida xususiy klinika rahbari (leadership) boʻlishi va odamlarni davolaydigan yangi texnologiya (invention/innovation) ustida ishlashi mumkin Sizning maqsadlaringiz ushbu yettitadan qaysi biriga to‘g‘ri keladi? 👉 Toʻliq podkastni koʻring: https://youtu.be/IvEqqPTp1LA Kanalga ulanish: @teacherazam