Contentum
Mumbai shahridagi Dhavari xarobasi Hindistonning 2-raqamli milliarderi Gautam Adani tomonidan qayta rekonstruksiya qilinar ekan. 641gektarga milliarder $11 milliard investitsiya kiritmoqchi. U yerda hashamatli uylar, ofislar, sanoat bloklari, ta’lim markazlari, shifoxonalar, yashil hududlar va shahar transport tuzilmasini qurmoqchi emish. Agar hammasi rejadagidek ketsa, milliarder $14 milliard daromad qiladi, undan $3 milliardi esa sof foyda. Adani bu bilan faqat shahar qurmoqchi emas, balki Hindiston iqtisodiyotini yaxshilamoqchi. “Xarobadan chiqqan millioner” filmi ham ayni o‘sha Dhavari xarobasida suratga olingan. U yerda yashaydigan aholining juda ko‘pi kambag‘al. Hashamatli uylarni juda kam miqdordagi odamlar sotib olishi mumkin. Qolganlarni qanday qilib qayerga ko‘chirishi ko‘proq qiziq. 😅 Yoki shunday ekskovator bilan kelib buzib tashlasharmikan? Bloomberg‘dan olindi. Kanalga ulanish: @teacherazam