Contentum
SDG qoidalari Sustainable Development Goals yaʼni Barqaror Rivojlanish Maqsadlari degani. BMT tomonidan 2015-2030-yillar davomida qashshoqlikka barham berish, sayyorani himoya qilish, odamlar tinchlikda yashashini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan 17 ta global maqsadlar to‘plamidir. Bu 17 ta maqsad: 01. Hamma joyda qashshoqlikka barham berish 02. Ochlikni tugatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanishni yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish 03. Barcha yoshdagilar uchun sog‘lom hayotni ta’minlash va farovonlikka ko‘maklashish 04. Barchaga teng va sifatli ta’limni ta’minlash hamda umr bo‘yi o‘qish imkoniyatlarini rivojlantirish 05. Gender tengligiga erishish va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish 06. Barcha uchun suv va kanalizatsiya mavjudligi va ularning barqaror boshqaruvini ta’minlash 07. Barcha uchun arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiyadan foydalanish imkoniyatini ta’minlash 08. Barqaror, keng qamrovli va doimiy iqtisodiy o‘sishni, to‘liq va samarali bandlikni hamda barcha uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash 09. Mustahkam infratuzilma barpo etish, inklyuziv va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash 10. Mamlakatlar ichida va ular o‘rtasidagi tengsizlikni qisqartirish 11. Shaharlar va aholi punktlarini inklyuziv, xavfsiz, chidamli va barqaror qilish 12. Barqaror iste’mol va ishlab chiqarish modellarini ta’minlash 13. Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish 14. Barqaror rivojlanish maqsadida okeanlar, dengizlar va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish 15. Quruqlik ekotizimlarini muhofaza qilish, tiklash va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish, o‘rmonlarni doimiy ravishda boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yer tanazzulini to‘xtatish va uni qayta tiklash hamda biologik xilma-xillikning yo‘qolishini oldini olish 16. Barqaror rivojlanish yo‘lida tinchliksevar va inklyuziv jamiyatlarni shakllantirish, barcha uchun adolatli sudni ta’minlash hamda barcha darajalarda samarali, mas’uliyatli va inklyuziv muassasalarni barpo etish 17. Barqaror rivojlanish yo‘lidagi global hamkorlikni jonlantirish va uni amalga oshirish vositalarini mustahkamlash Bu maqsadlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir sohadagi yutuqlar boshqa sohalardagi natijalarga ta’sir ko‘rsatadi. Ular ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. 👉 Podkastni koʻring: https://youtu.be/Gc4fQj-ZWPE?si=Ks2UcVLKOklO7rkG Kanalga ulanish: @teacherazam