Contentum
Zoomerʼlarning qarashi BBC Rossiya zoomerʼlar haqida bitta zo‘r trendni yoritib berganini koʻrib qoldim. Keyin qarasam, TikTokʼda “Gen Z stare” degan trend ommalashibdi. YouTubeʼda ham aynan shu trend boʻyicha munosabat bildirib chiqilgan videolar koʻp koʻrilgan ekan. Oldiga borsangiz umuman so‘rashmasdan ko‘zingizga faqat qarab turadigan yoshlar asosan zoomer’lar. Ular hech qanday reaksiya ham qilmaydi, shunchaki qarab turishini aytgan BBC. Bizda “faqat yoshlar salom bermaydi”, degan narsa bo‘lsa, Yevropada mana shu narsalarga endi zoomerʼlarga kelganda e’tibor berishyaptimikan yoki? Zoomerʼlar shundaymi yoki yosh vaqti odam shunday bo‘lishini hali men oʻzim uchun bilib olmadim. Oldiga kelsangiz, qarab turaveradi. Kassada tursa ham, ofitsiant boʻlsa ham. Sizga ham qarab turishganmi yoki siz qarab turasizmi? 😅 Kanalga ulanish: @teacherazam