Contentum
Faqat ayollar uchun dating ilova chiqibdi. Tea ilovasi faqat ayollar uchun ishlab chiqarilgan boʻlib, Instagram va TikTokʼda katta shov-shuvlarga sabab boʻlayapti. Eng koʻp yuklab olinayotgan ilovalar qatoriga ham chiqishga ulgurgan. U yerda foydalanuvchilar oʻzlari uchrashgan erkaklar haqida sharh qoldirishi mumkin ekan. Ilovaning asosiy gʻoyasi esa ayollar bir-birini ogohlantirish, xavfsizlik, qo‘llab-quvvatlash va haqiqatni yashirmaslik emish. “Bu bola kech keldi”, “Telefonidan koʻzini uzmadi”, “Koʻp gapirar ekan”, “Juda xushmuomala” kabi. Tanqid qilinayotganiga sabab esa Tea ilovasi rasmiy ravishda erkaklarga nisbatan adolatsizlik qilishga zamin yaratadi va ayollar qaysidir muayyan odamni gʻiybat qilishi mumkin boʻlayapti. Tasavvur qiling shunday ilova faqat erkaklar uchun chiqdi va ular ayollarni baholayapti. Qanday kuchlar erkaklarga qarshi chiqqan boʻlar edi-ya? Eng qizigʻi shu. 😅 CNN ham mana shu turdagi ilovalar haqiqatan qonuniymi, fikr bildirish nomi ostida kimningdir obroʻyiga putur yetkazishmi degan savollarga javob bergan. Sizning fikringiz qanday? Kanalga ulanish: @teacherazam