TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2818

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones15,400Numerus visionum
EditumJul 3007/30/2025, 02:04 PM
Contentum scripti

Contentum

Behavioral changes — xulq-atvor o‘zgarishlari deganda shaxs yoki guruhning xatti-harakatlarida, odatlarida va hissiy munosabatlarida kuzatiladigan sezilarli o‘zgarishlar nazarda tutiladi. Bu o‘zgarishlar vaqtinchalik yoki doimiy bo‘lishi va ularga ruhiy ta’sirlar, atrof-muhit omillari yoki salomatlik bilan bog‘liq sabablar turtki bo‘lishi mumkin. Xulq-atvor o‘zgarishida odamlar odatda quyidagi 6 ta bosqichdan o‘tadi. 1. Oldindan o‘ylamaslik bosqichi Bu bosqichda odatda odamlar mavjud muammoni e’tiborsiz qoldiradi yoki inkor etadi. 2. Mulohaza bosqichi Bunda ular o‘zgarishlarning ijobiy va salbiy tomonlarini bir-biriga solishtirib ko‘radi. 3. Tayyorgarlik bosqichi Bunda ular o‘zgarishni amalga oshirish uchun nimalar qilish kerakligini rejalashtiradi. 4. Harakat bosqichi Bunda ular qo‘yilgan maqsad sari birinchi qadamlarini tashlaydi. 5. Davom ettirish bosqichi Bunda ular uzoq muddat davomida o‘zgarishlarni saqlab qoladi. 6. Qaytish bosqichi Bunda xatolar va muvaffaqiyatsizliklar bo‘ladi. Odamlar davom etish yoki etmaslikni qaror qiladi. Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/Gc4fQj-ZWPE?si=e4zwlJ_1NPdH_foM Kanalga ulanish: @teacherazam