TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2845

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones11,600Numerus visionum
EditumAug 608/06/2025, 02:52 PM
Contentum scripti

Contentum

Edinburgʼdagi Portobello High School va Queensferry High School oʻquvchilar uchun sinov tarzida o‘z telefonlarini sumkalarda saqlashlari kerak bo‘lgan siyosatni joriy etyapti ekan. S1 dan S6 (12-18 yosh oʻrtasidagi sinflar) gacha bo‘lgan barcha o‘quvchilar o‘quv kuni davomida mobil telefonlarni xavfsiz va qulflanadigan maxsus xaltalarda saqlashlari kerak boʻladi. Saqlash xaltachalari magnit yordamida qulflanadi va ochiladi, xaltachalar o‘quv kuni davomida o‘quvchilarning yonida boʻladi. Tashabbus diqqatni jamlashni yaxshilash va sinfdagi chalg‘ishlarni kamaytirishga qaratilgan. Rasmiylar ham ushbu cheklovlar maktabda oʻquvchilar oʻrtasidagi muloqotni taʼminlashini va ruhiy salomatlikni yaxshilashga yordam berishini aytgan. Telefonsiz tizim olti oy davomida o‘quvchilar, ota-onalar va vasiylar bilan muloqotdan so‘ng joriy etilibdi. Ularning 86 foizi ushbu tizim joriy etilishini qo‘llab-quvvatlagan. Bizning payti bir-birlaringiz bilan gaplashma deb urishishgan boʻlsa, endi bir-biri bilan gaplashish uchun nimadirlar qilishyapti. Ota-onalar ham oldin uyga kirgizisha olishmagan boʻlsa, hozir tashqariga chiqara olmayapti 😅 @teacherazam