Contentum
Bill Burr jurnalistga hozir ularda yetishmayotgan jihat haqida ajoyib fikrlarni aytdi. Jurnalist: “Hozir bo‘layotgan boykotlar, zo‘ravonliklar haqida nima deysiz?” Bill Burr: “Men yangiliklarni ko‘rmayman. Nima bo‘layotganidan umuman xabarim yo‘q. Men Instagramda odamlarning mototsikldan yiqilib tushayotganini, sherlar va sirtlonlarning urishishini tomosha qilaman. Men shular bilan shug‘ullanaman. Bunday savollarni qiziqchiga berishingiz to‘g‘ri emas. Siz jurnalistsiz-ku.” Jurnalist: “To‘g‘ri, lekin qiziqchilar ham joriy voqealardan xabardor bo‘lishi kerak-ku.” Bill Burr: “Yo‘q, yo‘q. Bu bahona. Bu mas’uliyatdan qochish. Sizlar yana jasoratli bo‘lishingiz kerak, lekin hozir bu narsa sizlarda yo‘q. Sizlar doim: “Shuni o‘ylash kerakmi?” deb savol berasizlar. Axborotni xuddi savol berayotganday qilib taqdim qilasizlar, lekin aslida odamlarni o‘z fikringizga yo‘naltiryapsizlar. Sizlarda ilgari bo‘lgan dadillik yo‘q. Uni qayta topishingiz kerak. Mening vazifam esa boshqa. Men shunchaki masxarabozman.” Video ostida esa odamlar ajoyib va qiziqarli izohlar ham qoldirgan. Mana ulardan ayrimlarining tarjimalari: — Sahnada ham, undan tashqarida ham ajoyib talant egasi; — Jurnalistlarning mashhur odamlarga bunday savollar berishi yoqadi, ular esa “Qachondan beri men dunyoni qutqaradigan odam bo‘lib qoldim?”, deyishadi“ — U “men shunchaki masxarabozman” deganida, una boʻlgan hurmatim yanada oshdi; — Mainstream media - bu faqat bitta katta propaganda mashinasi. @teacherazam