Contentum
FOMO — fear of missing out, ya’ni “nimanidir o‘tkazib yuboraman” degan ichki bezovtalik. Sog‘lom dozada u insonni hushyor qiladi, o‘sishga turtki bo‘ladi. Lekin mutlaqo FOMO bo‘lmasa-chi? Bu ham xavfli. FOMO umuman yo‘qligining salbiy tomonlari: — Imkoniyatlarni koʻrmay qolish yoki ularni juda ham kech sezish; — Komfort zonaga tushib qolish. Bu sizni shaxsiy rivojlanishdan toʻsadi; — Ishda, hayotda oʻzgarishlarga moslashishingiz sustlashadi; — Hayotingizda bir xillik kuchayadi. Gʻoyalar kelishi kamayadi. Xullas FOMOʼsi yoʻq odam Erkin Vohidov aytgandek: “Menga Pushkin bir jahon-u, menga Bayron bir jahon” deb qoladi. Unday insonlarning dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga chiqmaydi. Podkastni koʻrish: https://youtu.be/B2-sKCUWFs0 @teacherazam