Contentum
Hozirgi yoshlar uchun eng muhim koʻnikma Oxirgi paytlar informatsiyaga toʻla dunyoda yashayotgan yoshlar uchun 1 dona koʻnikma yoki mahorat kerak boʻlganda, u nima boʻlishi haqida juda koʻp oʻyladim. Bu tillarni oson oʻzlashtirish, AyTi, maʼlumot izlay olish yoki nimanidir samarali oʻrgana olish boʻlishi mumkin. Lekin mana shu koʻnikmalarning oʻzagida yotgan va busiz yuqoridagilarni oʻrganish imkonsiz boʻlgan boshqa asosiy koʻnikma ham bor. Bu — teran fikrlay olish qobiliyati Cal Newportʼning “Deep work“ oʻzbek tilidagi “Diqqat” kitobida mana shu haqida yozilgan. Kitobning asosiy mazmuni teran fikrlash haqida. Hozirgi paytda butun dunyoda bizning eʼtiborimizga kurash ketmoqda. Istalgan joyingizga kirsangiz, hamma oʻzining maʼlumotini oʻzining minbaridan tarqatishga harakat qiladi. Bu normal holat. Bu bilan oʻzim ham shugʻullanaman. Lekin shularni filtr qila olish, kerakli paytda voz kechishni bilish va maqsadingiz sari harakat qila olish eng muhim koʻnikma. Bu zamonaviy tilda detox ham deyiladi. Shuning uchun teran fikrlagan holda, keraksiz narsalardan ayni vaqtda kechishni odat qiling. Oʻzi bu kitobni oʻqiganmisiz? @teacherazam