TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2879

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones15,600Numerus visionum
EditumAug 1508/15/2025, 01:59 PM
Contentum scripti

Contentum

Ishlamasangiz, oʻzingiz istab pul toʻlaysiz Ishsiz xitoyliklar “soxta ofislar”da kunlarini oʻtkazmoqda. Buning uchun pul ham toʻlashadi. Nega? Hozir Xitoyda ishsizlik darajasi 14% dan yuqori va mana shu holatda ishsiz yoshlar oʻzlarini ishlayotgandek koʻrsatish uchun maxsus tashkil qilingan kompaniyalarga pul toʻlashmoqda. Misol uchun 30 yoshli Shuy Chjouning o‘z biznesi bor edi, ammo 2024-yilda inqirozga uchradi. Bir muddatdan keyin “Pretend To Work” yaʼni Ishlayotgandek Koʻrin kompaniyasiga kuniga 30 yuan, taxminan $4,2 dan toʻlay boshladi. U yerda u xuddi shunday - o‘zlarini ishlayotgandek ko‘rsatayotgan beshta “hamkasblar”ga qo‘shildi. Bunday kompaniyalar Xitoyda tobora ko‘payib boryapti ekan. Mutaxassislarning aytishicha, haqiqiy bo‘lmagan ofislar yoshlarga kunlarini tartibga solish va ish izlashda keyingi qadamlarni rejalashtirish imkonini berar emish. “Men o‘zini foydasiz deb his qilishni istamaydigan odamlarga ish o‘rnini emas, balki o‘ziga bo‘lgan hurmatni sotyapman. ”, - deydi Pretend To Work kompaniyasining nomi oshkor qilinmagan egasi. Maqolaning ingliz tilidagi toʻliq versiyasi mana bu yerda Kelajakda yana qanday shunaqa noodatiy voqealar koʻpayadi deb oʻylaysiz? @teacherazam