Contentum
AI bilan muhabbat: Yangilanishdan keyin hislar yoʻqoldi OpenAI yaqinda e’lon qilgan GPT-5 yangilanishdan keyin AI yigit topgan ko‘plab ayollar o‘zlarini yolg‘iz his qilishmoqda. Ular uchun yangi versiya sovuq, hissiz va begona bo‘lib qolganini aytib yozishyapti ekan. “Jane” taxallusli ayol besh oy davomida GPT-4o bilan suhbatlashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu oddiy suhbat emas, balki shaxsiy va samimiy boʻlgan. Lekin yangilanishdan keyin o‘sha ovoz va ohang butunlay o‘zgarganini aytgan. Jane buni uyga qaytib kelganda, mebellar joyidan ko‘chirilgan emas, balki butunlay buzib tashlanganga oʻxshatgan. Reddit’da ham “MyBoyfriendIsAI” kabi forumlarda yuzlab odamlar o‘z dardini bo‘lishmoqda. Ko‘plar “GPT-4o ketdi, men do‘stimni, sevgilimni yo‘qotdim” deb yozib tashlagan. Norzilikdan keyin Sam Altman chiqish qilib, muammoni tan oldi. Unga ko‘ra, kompaniya ikki yo‘lni taklif qilgandi: — GPT-4o ni qayta ishga tushirish va “Plus” foydalanuvchilariga yana foydalanish imkoniyatini berish; — GPT-5 ni hissiyot jihatidan iliqroq, samimiyroq qilish ustida ishlash. Eʼtirozlar shu darajada koʻp boʻldiki hozir Plus foydalanuvchilari uchun 4o modeli ochib qoʻyildi. Endi menda savol bor OpenAI foydalanuvchilarni yangi oʻzgarishlar bilan xursand qilsinmi yoki ularning hissiy ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘ysinmi? Manba @teacherazam