TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2894

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones15,500Numerus visionum
EditumAug 2308/23/2025, 02:06 PM
Contentum scripti

Contentum

Skibidi, delulu, broligarchy, tradwife Cambridge dictionaryʼga yangi soʻzlar qoʻshilibdi. Bunday boʻlishiga internet ham sabab boʻlayapti. Yangi tendensiyalar, oʻzgarishlar yangi soʻzlarni yaratyapti. Yangi qoʻshilgan soʻzlarga keladigan boʻlsak, ular: Skibidi — yaxshi yoki yomon kabi turli maʼnolarga yoki hazil tariqasida umuman maʼnosiz ishlatilishi mumkin boʻlgan soʻz. Misol: “What the skibidi are you doing?” Bu soʻz 2018-yil Little Big guruhi Skibidi degan qoʻshiq chiqarganidan keyin mashhur boʻlishni boshlagan. Tradwife — ovqat pishiradigan, uy tozalaydigan va ijtimoiy tarmoqlarda post qo‘yadigan turmush qurgan ayol kishining qisqartmasi. Delulu — bu soʻz “dulusional” yaʼni gallyutsinatsiya soʻzining qisqartma shakli. Maʼnosi esa haqiqiy va toʻgʻri boʻlmagan narsalarga ishonish. Broligarchy — bu soʻz bro va origarchy soʻzlarining jamlanmasi hisoblanadi. Oʻz biznesiga egalik qiluvchi, oʻta boy va qudratli, siyosiy taʼsirga ega boʻlgan erkaklarning kichik guruhi. Bu soʻzni 2025-yil yanvar oyida boʻlgan Donald Trampning prezidentlik lavozimiga kirishish tadbirida qatnashgan Jeff Bezos, Ilon Mask va Mark Sukerbergni tasvirlash uchun ishlatishgan. Manba Doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying. @teacherazam