Contentum
Paypoqda uxlash foydali yoxud men bir narsani bilmasam, qilmayman Mishel Drerup ilmiy izlanish qilibdi — paypoq kiyib yotsa, odam tezroq uyquga ketar ekan. Kunduzi katta yoshli odamlarning tana harorati odatda 36,1 gradusdan 37,2 gradusgacha boʻlar ekan. Yosh bolalarda esa bu biroz pastroq. Kech tushishi bilan esa bu harorat bir-ikki daraja pasayishni boshlaydi va organizmni uyquga tayyorlaydi. Oyoqlarni isitish orqali tananing qolgan qismini sovitishga yordam beradigan qon tomirlarini kengaytirasiz. Oyoqlaringizda qon aylanishining kuchayishi tana haroratining pasayishiga olib keladi. 2018-yilda ham oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra paypoq kiyib uxlaganlar paypoqsiz uxlaganlarga nisbatan sakkiz daqiqa tezroq uyquga ketishgan, 32 daqiqa ko‘proq uxlashgan va tun davomida kamroq uyg‘onishgan. Endi tushundingizmi nega men paypoq kiyib uxlashimni? Mana bu yerda oʻqib qoldim. @teacherazam