Contentum
Intizomni ortiqcha baholayapmiz 📕 CNNʼda bir maqola oʻqib qoldim. U yerda maqsadga intizomsiz ham erishish mumkinligi haqida yozilgan edi. Oʻzi bugungi kunda koʻradigan boʻlsak, faqatgina intizom orqali maqsadga erishishni hamma targʻib qilyapti. Yagona yoʻl sifatida koʻrsatishyapti. 🏃 Aslida buning boshqa yo‘llari ham bor ekan. Ko‘pchilik intizomni odatlar shakllanishiga yordam beradi deb ishonishadi. Lekin aslida bu ikkisi alohida boshqa-boshqa tushunchalar ekan. Odatlar — vaziyatni qayta-qayta takrorlash natijasida yuzaga keladi. Misol uchun hojatxonadan chiqib qoʻllaringizni yuvish. Intizom — o‘zingizni muayyan qoidalarga bo‘ysunishga o‘rgatish bo‘lib, e’tibor, hissiyot va xatti-harakatlarni boshqarishni talab qiladi. U biror harakatni bajarish uchun turtki bo‘ladi, ammo faqat uning o‘zi odatlarni shakllantirmaydi. ⏱ Sizga yoqmaydigan xatti-harakatni odat darajasiga yetkazish uchun uni yetarlicha uzoq vaqt takrorlashga intizomingiz yetmaydi. Intizom, iroda va o‘zini nazorat qilish bu tarzda ishlamaydi. Bular qisqa muddatli motivatsiyalar bo‘lib, ularni faqat qisqa vaqt davomida boshqara olamiz. Juda intizomli ko‘rinadigan odamlarni kuzatsangiz, ular qabul qilayotgan qarorlar bilan aslida kurashmasliklarini koʻrasiz. Ular buni beixtiyor amalga oshiradi Buning hammasi oʻzingizga boʻlgan sadoqat bilan bogʻliq ekan. 💪 Misol uchun bizda koʻpchilik toʻydan oldin kiyimi chiroyli turishini istab ozishga yoki vazn olishga harakat qiladi. Lekin bu maqsad tashqi sabablarga koʻra boshqalar ularni ma’lum bir tarzda ko‘rishini xohlash uchun qo‘yiladi. Ammo toʻydan keyin yana eski holatga qaytishadi. 🎯 Agar sizda ichki sadoqat tuyg‘usi yaʼni harakatlarni oʻzingiz uchun qilish bo‘lsa, doimiy o‘zgarishlar ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Maqolani toʻligʻini mana bu yerda oʻqisangiz boʻladi ✍️Sizning bu masalada fikringiz qanday? @teacherazam