TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2907

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones14,200Numerus visionum
EditumAug 2908/29/2025, 01:59 PM
Contentum scripti

Contentum

Bill Gates AI olib qo‘ymaydigan kasbni aytdi 📱 Microsoft asoschisi dasturlash keyingi 100 yil davomida insoniyatga tegishli ish bo‘lib qolishini aytdi. 📈 Jahon iqtisodiy forumi ham 2025-yilgi hisobotiga ko‘ra sun’iy intellekt 2030-yilga borib 92 million ish o‘rnini olib qo‘yadi, lekin 170 million ish o‘rnini yaratadi. 📱 Gates GitHub Copilot va ChatGPTʼni elektr bilan ishlaydigan duradgorlik instrumentlariga o‘xshatgan. Ular insonlarning ish samaradorligini oshiradi, lekin duradgor bo‘la olmaydi. AI kodlardagi xatolarni topishi, ularni tuzatishi va dastur arxitekturasini taklif qilishi mumkin, lekin ko‘rinmaydigan muammolarni payqamaydi, hukm chiqara olmaydi, mavhum g‘oyalarni funksionallikka aylantira olmaydi. Gates: “Eng yaxshi dasturchilar shunchaki kod yozish bilan shug‘ullanmaydi - ular muammolarni mashinalar hech qachon yecha olmaydigan tarzda hal qiladi”, — degan. ⚠️ Diqqat! Bo‘lajak dasturchilar, kelajagingiz hali porloq - sun’iy intellekt raqobatchingiz emas, balki yordamchingiz bo‘ladi. 👉Dasturlashni oʻrganayotganlarga joʻnatib qoʻying @teacherazam