Contentum
Trump oʻlsa, nima boʻladi? 🇺🇸 Kuni kecha hamma joyda AQShning hozirgi prezidenti Donald Trump vafot etgani haqida xabarlar virus kabi tarqalib ketdi. Keyin esa New York post uning tirik ekanligini aytib chiqdi. Men esa Trump oʻlsa nima boʻlishi haqida subyektiv fikrlarim bilan boʻlishmoqchiman. 1️⃣ Dow Jonesʼda narxlar oʻynaydi. Dow Jones bu AQShning eng mashhur fond bozori indekslaridan biri. Unda 30 ta yirik Amerika kompaniyasi (Apple, Microsoft, Coca-Cola, Boeing va boshqalar) aksiyalarining o‘rtacha narxi hisoblab chiqiladi. U fond bozorining umumiy sog‘lomligini ko‘rsatib turadigan “termometr”. 2️⃣ Rossiya-Ukraina urushining tugatilishida kechikishlar kuzatilishi mumkin. 3️⃣ AQShning ichki va tashqari siyosati tezda oʻzgarib ketmaydi. Trumpning oʻlimi taʼsir qilmaydi bunga. Demokratlar kelsa, oʻzgarishi mumkin. Sizning fikringiz qanday, nimalar boʻlishi mumkin? @teacherazam