Contentum
Koʻpchilik kutgan podkast chiqdi 🎙 Bu podkastni idish-tovoq yuvib koʻrmang. Bitta ruchka va bitta daftar olib koʻriladigan epizod boʻlgan. Hamid Sodiq bilan chuqur siyosiy-falsafiy suhbat bo‘ldi. Dastlab, NQEʼga kelish qarori ortidagi motivlar haqida to‘xtaldik va oila, do‘stlik, davlat kabi ijtimoiy tuzilmalar qanday shakllanadi va ularning jamiyatdagi o‘rni nimada ekanligi gaplashdik 🧐 Suhbat davomida liberalizm va uning inqirozi, avtoritar hamda totalitar boshqaruv shakllari, diktatorlar va elitalar roli, shuningdek, avtokratik rejimlarning xavfi haqida tahliliy munozaralar boʻldi. Shuningdek, millat tushunchasi, populist liderlarning tahdidi, ortodoksal ilmiy elitadan chiqib ketish zaruriyati, va Tor korridor kabi asarlar asosida ijtimoiy mexanizmlar, tafakkur shakllari va siyosat bilan bog‘liq miya faoliyati ham yoritildi. “Hamma aqlli bo‘lgan jamiyat” qanchalik samarali bo‘lishi mumkinligi, va risk qilmasdan yashashning ma’no yo‘qotishi haqidagi fikrlar bilan suhbat tugadi. 👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/AzgFeNzNJiI @teacherazam