TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #2990

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones11,100Numerus visionum
EditumOct 110/01/2025, 02:02 PM
Contentum scripti

Contentum

🎙 Bu suhbatda biz hayotdagi eng muhim sohalarni birma-bir ochdik: taʼlim, shaxsiy rivojlanish, ruhiy salomatlik, kitoblar, biohacking, jamiyat, oila va nafs-aql o‘rtasidagi kurash. ⁉️ Taʼlim tizimidagi muammolar, o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi o‘rni, bolalarda bu kasbga bo‘lgan orzuning so‘nib borayotgani, ota-onalarning zamonaviy roli, qaynonalar haqidagi stereotiplar — bu epizodda barchasi ochiq muhokamada bo‘ldi. Ayniqsa, “maktabda dars berish uchun diplom kerakmi?”, “nima qilish kerakki, bolalar yana o‘qituvchi bo‘lishni istasin?” kabi savollarga aniq javoblarni olasiz. 📖 Suhbatning ikkinchi yarmi esa kitoblar va tanlov haqida: "kitoblarning 90 foizi befoyda" degan fikr qanday asosga egaligi, ularni qanday mezonlarga qarab tanlash kerakligi? Biohacking, qarishni sekinlashtirish, Xitoy modeli, muvaffaqiyat vs baxt, Stoitsizm va biz bera olmay qolgan savollarni ham muhokama qildik. Bu podkastni ko‘rganingizdan keyin o‘zingizga beradigan savollaringiz ko‘payib ketadi. 👉 Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/e7-eaH5N018 @teacherazam