Contentum
Yevropani odamlarga insonparvarlikni qoʻllashi qulatadimi? Bugungi suhbatda Feruzxan aka, Laziz aka bilan maza qilib suhbat qildik. 🎙 Suhbatda dastlab, ularning hozirgi loyihalari, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va O‘zbekiston bugun qanday davrni boshdan kechirayotgani haqida fikr almashdik. Suhbat davomida “O‘zbekiston biznes boshlash uchun ayni paytmi?”, “Tarix takrorlanadimi?”, “Ma’lumot kuchmi yoki majburlov?” kabi savollar orqali nafaqat bugungi kun, balki kelajak haqidagi qarashlarimizni solishtirdik. 🇪🇺 Yevropadagi insonparvarlik, Germaniyadagi siyosiy o‘zgarishlar, xalqlardagi ruhiy o‘zgarishlar va Toshkentda oxirgi 5 yilda yuz bergan tafovutlar haqida ham fikr bildirildi. Ba’zida og‘ir, ba’zida kulgili, ammo har doim o‘ylantiradigan suhbat bo‘ldi. Podkastni ko‘ring: https://youtu.be/L0qv7c6RKPw @teacherazam